“Audioyozuv boshqacha talqin qilingan”. Surxondaryo hokimligi To‘ra Bobolovning haqorat to‘la audiosiga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
18 avgust 2022
21254Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Angor tumani prokurori o‘rtasidagi suhbat ekani aytilayotgan audioyozuv tarqalgani haqida xabar bergan edik. Unda hokim huquq himoyachisini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani, prokuror ham jim turmay, javob qaytarganini eshitish mumkin.
Surxondaryo viloyati hokimligi ushbu holat bo‘yicha munosabat bildirib, audioyozuv joriy yilning fevral oyida hokimlik soatida bo‘lib o‘tgan muhokamadan kesib olingani va boshqacha talqin qilingani qayd etdi.
“Asl holatda yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokamasi jarayonida viloyat rahbari Angor tumani sektor rahbarlaridan tumanning investitsiya, eksport va soliq tushumlari bo‘yicha yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilib, tanbeh bergan. Shu jumladan, tuman prokuroriga ham. Mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirishga majbur bo‘lgan.
Agar ushbu yig‘ilish jarayonidan kesib olinib montaj qilingan va turlicha talqin etilayotgan audiomaterialdagi holatlar o‘rganish natijasida qonunga xilof deb topilsa, qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishiga tayyorligimizni ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.
Ahamiyatli tomoni shuki, huquq himoyachisi haqiqatan ham haqoratlangan bo‘lsa, hokim ustidan shikoyat qildimikan? Agar u o‘z huquqini tiklash uchun qonundan yordam so‘ramay, haqoratlarga ko‘z yumib ketsa, uni qonun himoyachisi deyish mumkinmi?
LiveBarchasi