Atom energiyasi ob’ektlariga mulk huquqini Prezident beradi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2019
2927O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qonun bilan quyidagilar atom energiyasidan foydalanish ob’ektlari sifatida belgilandi:
• yadroviy qurilmalar;
• saqlash punktlari;
• yadroviy materiallar;
• radiatsiyaviy manbalar;
• radioaktiv moddalar;
• yadroviy yoqilg‘i;
• yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi to‘plamlari;
• ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i;
• radioaktiv chiqindilar.
Shuningdek, atom energiyasidan foydalanish ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqi ham aniqlashtirildi. Jumladan, qonunning 6-moddasida:
“Atom energiyasidan foydalanish ob’ektlari davlat mulkida yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan yuridik shaxslar mulkida bo‘lishi mumkin. Davlat mulkida yoki yuridik shaxslar mulkida bo‘lishi mumkin bo‘lgan atom energiyasidan foydalanish ob’ektlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Atom energiyasidan foydalanish ob’ektlarining mulkdorlari ushbu ob’ektlarning but saqlanishini va ulardan belgilangan maqsadiga muvofiq foydalanilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining yadroviy materiallarga, shuningdek ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘iga bo‘lgan mulk huquqini chet davlatga yoki chet davlatning yuridik shaxsiga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tuziladi.
Atom energiyasidan foydalanish ob’ektlarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ro‘yxatga kiritilmagan yuridik shaxslar mulkiga o‘tkazish haqidagi bitimlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining yadroviy materiallarga, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘iga bo‘lgan mulk huquqini chet davlatga yoki chet davlatning yuridik shaxsiga o‘tkazish haqida ushbu moddaning uchinchi qismi talablarini buzgan holda tuzilgan bitimlar o‘z o‘zidan haqiqiy emasdir, deb belgilab qo‘yildi.
LiveBarchasi