Koreyalik olimlar atom energiyasidek muhim metallni kashf qildi

Texnologiya

image

Koreyaning Seul shahridagi kvant energiya tadqiqot markazi olimlari atrof-muhit harorati va bosimida o‘ta o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega materialni kashf etishganini bildirdi. Bu haqda “Autoevolution ” nashri xabar berdi.

Yangi material LK — 99 deb nomlanadi va o‘zgartirilgan qo‘rg‘oshinli apatit kristall tuzilishiga ega. Agar ushbu kashfiyot dunyo bo‘ylab amaliyotda qo‘llanilsa, insoniyat atom energiyasi kashf etilganidan beri erishgan eng katta yutug‘i bo‘ladi. Shuningdek, ushbu metall ishlab chiqarish uchun ancha qulay. 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, LK-99 materialini juda oddiy laboratoriya uskunalari bilan taxminan 34 soat ichida tayyorlash mumkin. 

Super o‘tkazuvchanlik odatda juda past haroratlarda sodir bo‘ladi, shuning uchun ular keng qo‘llanilmaydi. Shunga qaramay, ular kvant hisoblash va termoyadroviy reaktorlar kabi sohalarda juda muhimdir. Olimlar 100 yildan ortiq vaqt davomida super o‘tkazgichlar ustida ishlab kelmoqda. Bu ixtiro esa ushbu mehnatlarning birinchi va eng katta natijasi bo‘lishi mumkin.

Seuldagi kvant energiya tadqiqot markazi jamoasi 2018 yilda material ustida ishlay boshladi. 2021 yildan beri ular patentlarni tayyorlash va DL-99 ning paydo bo‘lish texnikasini ishlab chiqish bilan band.

Ushbu kashfiyot ko‘plab texnologiyalarga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, hozirgi termoyadroviy reaktorlar suyuq azot yoki geliy bilan sovutilgan super o‘tkazgichlardan foydalanib, sezilarli harorat gradyanini yaratadi. Atrof-muhit haroratida ishlovchi super o‘tkazgichlar esa yangi reaktor dizaynlarini yaratishga imkon beradi. 

Eslatib o‘tamiz, Amherst Massachusetts universiteti muhandislari jamoasi toza elektr ta’minotini yaratish uchun havodagi namlikni yig‘ib oladigan qurilmani ishlab chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

atom energiyasi Koreya o'tkazuvchanlik kvant energiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing