Atom energiyasi sohasida Hukumat nimalar qila oladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

•    atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

•    davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

•    atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkil etadi;

•    atom energiyasidan foydalanish sohasida o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; 

•    yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti joylashtiriladigan joyni (hududni) tanlashga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;

•    atom energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy, investitsiyaviy faoliyat amalga oshirilishini tashkil etadi;

•    atom energiyasidan foydalanish ob’ektlari joylashgan hududlarda yashovchi va (yoki) mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi;

•    atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Avvalroq, atom energeyasidan foydalanish ob’ektlari tasdiqlangani va ularning mulk huquqini kimdagir berish vakolati Prezidentda qoldirilganini xabar qilgandik.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi atom energiyasi

Baholaganlar

4

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing