Atamboyev hibsxonada ochlik e’lon qildi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev boshqa hibsxonaga ko‘chirilgani uchun ochlik e’lon qildi. Bu haqda siyosatchining advokati Sergey Slesarov ma’lum qildi.

Atamboyevni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hibsxonasidan Bishkekdagi 1-sonli tergov hibsxonasiga ko‘chirishdi.

MXDQ tergov izolyatori Qirg‘iziston maxsus xizmati binosida joylashgan. Odatda u yerga koorupsiyada ayblanayotgan yuqori martabali amaldorlar yoki davlat xafsizligiga tahdid soluvchi ekstremist, terrorchi va xorijiy qotillar joylashtiriladi.

1-sonli tergov izolyatoriga poytaxt va Chu viloyatida har qanday jinoyat sodir etishda gumonlanayotganlar joylashtiriladi.

Avvalroq, Almazbek Atamboyev hamda parlament sobiq deputati va Bosh vazir Asqarbek Shodiyevga qarshi korrupsiya, jinoiy daromadlarni o‘zlashtirish va noqonuniy boylik orttirish bo‘yicha jinoiy ish sudga yuborilgani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 iyun kuni Bishkekning Pervomay tumani sudi Atamboyevga 11 yil qamoq jazosi tayinladi. U sobiq jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qamoqdan chiqarib yuborilishi va korrupsiyada ayblangandi.

Ammo Qirg‘izistonda joriy yilning 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovidan keyin boshlangan tartibsizliklar vaqtida namoyishchilar Atamboyevni qamoqxonadan ozod qildi. Keyinroq Almazbek Atamboyevning ehtiyot chorasi qamoqdan uy qamog‘iga o‘zgartirildi.

Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 10 oktyabr kuni Atamboyev Bishkekda namoyishlar uyushtirishda ayblanib, yana hibsga olindi. So‘nggi bor u hibsxonadan advokati orqali bayonot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

293

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing