Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilish harakati boshlandi

Olam

image

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Sadjid Javid AQSHning Wikileaks asoschisi Julian Assanjni ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘rovini tasdiqladi.

“U (Assanj) qamoqda o‘tirishga loyiq. Qo‘shma Shtatlardan so‘rov bor, ertaga sudga kiritiladi. Ammo men kecha ekstraditsiya bo‘yicha orderni imzoladim va uni (so‘rovni) tasdiqladim. Shunday ekan so‘rov ertaga sudga yuboriladi”, degan Javid.

Vazirning ta’kidlashicha, ekstraditsiya bo‘yicha yakuniy qarorni sud chiqaradi. Ammo vazir ham juda muhim ahamiyatga ega.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda mojarolarga sabab bo‘lgan Wikileaks asoschisi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgandi. Biroq jurnalist Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishi arafasida Britaniyadagi Ekvador elchixonasidan boshpana topishga muvaffaq bo‘ldi va oxirgi yetti yil davomida o‘sha yerda saqlandi.

Ekvador boshpana berishdan bosh tortgan Wikileaks asoschisi Julian Assanj joriy yilning 11 aprel kuni Londonda hibsga olindi.

Joriy yilning 23 may kuni AQSHning Sud hokimiyati Wikileaks asoschisi Julian Assanjga nisbatan 17 ta band bo‘yicha qo‘shimcha ayblovlar e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Julian Assanj ekstraditsiya

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing