“Asr jangi” g‘olibiga maxsus kamar topshiriladi

Sport

image

Ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang g‘olibi maxsus kamarga ega bo‘ladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Ko‘ngilocharliklar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayx o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

“Kamar Usik va Fyurini kutmoqda. Bu kamar ushbu jang uchun maxsus ishlab chiqilgan. Birinchi marta bitta og‘ir vazn toifasidagi jangda to‘rtta chempionlik kamari o‘rtada turibdi. “Asr jangi”, deydi Al ash-Shayx.

Usik va Fyuri o‘rtasidagi 17 fevral kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq sparring paytida britaniyalik bokschi qoshidan jiddiy jarohat olganligi sababli 18 mayga qoldirildi.

37 yoshli Usik professional ringda 21 ta jang o‘tkazib, 21 ta g‘alabaga erishgan. U Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Jahon boks tashkiloti (WBO) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO) chempioni hisoblanadi.

Fyuri 35 yoshda, Butunjahon boks kengashi (WBC) chempionlik kamariga ega va professional faoliyatida mag‘lubiyatga uchramagan (34 g‘alaba va bitta durang).


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik Turki Al ash-Shayx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing