Asilbek Aliyev U-17 Osiyo kubogida porlagan futbolchilar qatoridan joy oldi
Sport
−
24 aprel
7677FIFA rasmiy sahifasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida porlagan 6 nafar futbolchi haqida maqola chop etdi.
Mazkur maqolada Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan terma jamoalarning 6 nafar futbolchisi va ularning natijalari haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan. Ushbu futbolchilar ichida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi hujumchisi, musobaqa to‘purari Asilbek Aliyev ham bor.
“Asilbek Aliyev. Hujumchi, 15 yosh. Bu yosh iste’dod O‘zbekistonning chempionlikni qo‘lga kiritishidagi asosiy omillardan biri bo‘ldi. Aliyev chorak finalga qadar dastlabki 4 ta o‘yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 15 yoshidayoq yuqori hujumchilik instinktni namoyish etdi. Markaziy Osiyoning kelajagi sifatida qaralayotgan futbolchi Saudiya Arabistonida o‘tgan musobaqa to‘purari bo‘ldi”, deyiladi maqolada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Prezident tomonidan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi futbolchi va murabbiylariga avtomobil sovg‘a qilingani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi