“Asalhoney” qotilligida gumonlangan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
22 mart 2022
71178O‘zbekistonda “Asalhoney” nomi bilan tanilgan insta-bloger Asal Xo‘jayevani o‘ldirishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMAPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Mabuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Asalhoney” qotilligida 1997 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan shaxs gumonlanmoqda.
Bosh prokuratura ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Asal Xo‘jayevaning murdasi joriy yilning 18 mart kuni soat 10:01 da Yashnobod tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 99-uy, 210-xonadonning yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgandi.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Asal Xo‘jayevaning o‘limi qorin old sohasida bir dona sanchilib kiruvchi kesilgan jarohati, bo‘yin chap tomoni sanchib kesilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yumshoq to‘qimalariga qon quyilishi oqibatida yuz bergani aniqlangan.
Voqea joyi kriminalistika texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, murda kiyimlari, qo‘l barmoq izlari, 1 dona noutbuk, 1 dona fleshka, 4 dona uyali aloqa telefoni, 4 dona bank plastik kartalari daliliy ashyo sifatida olingan.
Voqea joyiga Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov, shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov, Yashnobod tumani prokurori A.Donayev, shahar IIBB va tuman IIO FMB rahbariyati hamda tezkor tergov guruhi a’zolari yetib borgan.
LiveBarchasi