BP “Asalhoney” qotilligi bo‘yicha ma’lumot berdi
Jamiyat
−
18 mart 2022
100688Avvalroq, “Asalhoney” nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva o‘z uyida o‘ldirib ketilgani haqida xabar bergandik. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura izoh berdi.
Aniqlanishicha, bugun, 18 mart kuni Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasidagi uyda Asal Xo‘jayevaning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi.
LiveBarchasi