“Asalhoney” o‘z uyida o‘ldirib ketildi
3-sahifa
−
18 mart 2022
144398Ijtimoiy tarmoqlarda "Asalhoney" nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva o‘z uyida o‘ldirib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati Asal Xo‘jayevani o‘ldirib ketilganini tasdiqladi.
IIBB Matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan prokuratura ish olib bormoqda va tez orada batafsil ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktyabr oyida Xo‘jayeva Asal boshqa bir fuqaroni haqorat qilgani uchun jazoga tortilgandi. Sud Asal Xo‘jayevaga MJTKning 41-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida, ya’ni 4 mln 460 ming so‘m jarima jazosi, shuningdek, 183-moddaga asosan uzil-kesil 5 sutka qamoq jazosi tayinlagan.
LiveBarchasi