Asaka zavodi faoliyati to‘xtatilishi mashinalar narxiga ta’sir qiladimi?
Jamiyat
−
25 dekabr 2020
14368Avvalroq, "UzAutoMotors"ning Asakadagi avtomobil ishlab chiqariladigan zavodi 2021 yilning yanvar oyida ishlamasligi haqida xabar bergan edik.
"UzAutoMotors" zavodida ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha jamoatchilik orasida xavotir ortib borayotganligi sababli kompaniya qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unda qayd etilishicha, to‘xtatib turish ishlab chiqarish liniyalarida yillik rejalashtirilgan profilaktika ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq.
Shuningdek, tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalardagi barcha majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ma’lum qilamiz. Rejalashtirilgan profilaktika ishlarini amalga oshirish, ilgari shartnoma qilingan avtomobillarning narxi va yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmaydi.
“Ushbu tadbir doirasida asosiy va yordamchi texnologik uskunalar va jihozlarni, kommunal xo‘jaliklarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini profilaktik tekshirish, modernizatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini olib borish, shuningdek ishlab chiqarish liniyasini modernizatsiya qilish doirasida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
LiveBarchasi