Asadning amakivachchasi osib o‘ldirildi

Olam

image
Asad rejimi ostidagi Suriya qamoqxonalaridan ozod qilinganlar haqida nimalar ma’lum? (video) north_east

Asad rejimi ostidagi Suriya qamoqxonalaridan ozod qilinganlar haqida nimalar ma’lum? (video)

Suriyada sobiq prezident Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilishi va mamlakatda Asadlar sulolasiga barham berilishi fonida Bashar Asadning amakivachchasi Sulaymon Hilol Asad Latakiya shahri maydonida qatl qilindi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Asad oilasidan ham mamlakatdan qochib qutula olmaganlar bor edi. Ulardan biri Bashar Asadning amakivachchasi Sulaymon Hilol Asad edi. U Latakiyada jamoatchilik tomonidan qo‘lga olingan. G‘azablangan olomon Hilol Asadni shahar maydonida osib o‘ldirgan. O‘sha lahzalar kameraga tushib qolgan.

Shuningdek, Suriya va Turkiya ommaviy axborot vositalari Bashar Asadning amakivachchasi Ihob Maxluf Damashqni tark etib, Bayrutga yetib borishga urinayotganda o‘limi ehtimoli haqida xabar berdi. Ikkinchi ukasi Iyod Maxluf Ihob bilan birga bo‘lgani va yaralangani aytilgan.

Ihob Maxluf Bashar Asad rejimiga yaqin yirik tadbirkorlardan biri sifatida tanilgan.

Ma’lumot uchun, Ihob Maxluf 1973 yil 21 yanvarda tug‘ilgan. U akasi Rami Maxlufga tegishli Suriyadagi uyali aloqa kompaniyasi – Syriatel  kompaniyasi raisining o‘rinbosari edi. U 2020 yilda akasi Rami Maxluf Bashar Asad hukumatiga sodiqlik va’da qilib, Suriya hukumati bilan kelishmovchilikka tushib qolganida Syriatel'dan iste’foga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 8 dekabrga o‘tar kechasi qurolli muxolifat jangarilari Damashqqa kirib kelib, Asad rejimini qulatgan edi. Shundan so‘ng, Bashar Asad mamlakat poytaxtini samolyotda tark etgandi. 8 dekabr kuni tushdan keyin Rossiya TIV Asad “Suriya Arab Respublikasi hududidagi qurolli mojaroning qator ishtirokchilari” bilan muzokaralardan so‘ng prezidentlik lavozimini tark etishga qaror qilganini va mamlakatni tark etganini tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad Sulaymon Hilol Asad Ihob Maxluf Iyod Maxluf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing