Asad AQSHning taklifini rad etgan – OAV

Olam

image

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad mamlakatda mojaro avj olishidan bir necha hafta oldin AQSHning Damashqdagi sanksiyalarini bekor qilish taklifini rad etgan. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad o‘z hokimiyatini saqlab qolishga yordam beradigan bir qancha yangi takliflarni qat’iyan rad etgan.

“Xususan, Qo‘shma Shtatlar tomonidan berilgan taklif Asadga yordam evaziga Amerika sanksiyalarini bekor qilishdan iborat edi", deyiladi xabarda.

AQSH shartlariga ko‘ra, Asad Suriyadagi quruqlik yo‘llari orqali Eronni qurollantirishni to‘xtatishi kerak edi. Buning evaziga Qo‘shma Shtatlar Suriya hukumatiga ko‘mak berishni va’da qilgan.

Suriyalik diplomatga ko‘ra, Asad Vashingtonning taklifini o‘ylab ham ko‘rmasdan rad etgan.

WP nashriga ko‘ra, Suriyaning yana bir xatoligi Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirishdan bosh tortishi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyadagi muxolifat kuchlarni qo‘llab-quvvatlab, “muammolarsiz davom etishiga” umid bildirgan edi. Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiyaning ketma-ket amalga oshirgan qo‘ng‘iroqlarga qaramay, Bashar Asaddan mavjud muammolarni ikki tomonlama muhokama qilish taklifiga ijobiy javob bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing