“Arsenal” hujum chizig‘iga nomzodlarni e’lon qildi

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi Gabriyel Jezus jarohat olganidan keyin, hujumchi izlashga tushdi. Bu haqda  “L’Equipe” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” “Manchester Yunayted”ga qarshi kubok o‘yinida jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Gabriyel Jezusning o‘rniga “Sporting” hujumchisi Viktor Gokeresh va “Brentford” vingeri Brayan Mbeumo kabi futbolchilarni jamoaga olib kelmoqchi. Ammo klub shvetsiyalik futbolchiga 100 million yevro to‘lashga qiynalgani sabab, uning tovon pulini kamaytirishga urinib ko‘radi. “Brentford” esa kamerunlik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, londonliklar jarohat olib safdan chiqqan vinger Bukayo Sakaning o‘rniga Niko Uilyamsni ham jamoaga qo‘shib olishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Viktor G'okeresh Gabriel' Jezus Brayan Mbeumo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing