Armaniston o‘zining ikkiyuzlamachiligini ko‘rsatyapti – Rasmiy Baku

Olam

image

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armanistonni Qorabog‘dagi jangovar harakatlar tugaganidan keyin yuzaga kelgan haqiqatlarni anglab yetishga va tinchlikka erishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslikka chaqirdi. 

“Biz sobiq ichki ko‘chirilganlarning o‘z vatanlariga qaytishiga chiday olmayotgan Armanistonni etnik tozalash siyosati qurboniga aylanib, 44 kunlik urush natijasida mintaqada vujudga kelgan voqelikni qaytadan uyg‘otish, agressiv qadamlar va revanshistik siyosatlardan voz kechishga qattiq chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.  

Ushbu bayonot Armaniston Tashqi ishlar vazirligining 18 martdagi bayonotiga javoban e’lon qilingan.  

Unda, shuningdek, Armaniston 1 millionga yaqin ozarlarni o‘z vatanlaridan zo‘rlik bilan chiqarib yuborgani, ozarbayjonlik ichki ko‘chirilganlarning o‘z uylariga qaytishini uch tomonlama bayonotning buzilishi va qonunga xilof ravishda joylashtirish sifatida ko‘rsatilishi ikkiyuzlamachilikning yana bir ochiq ko‘rinishi ekani ta’kidlanadi.

Bakuning fikricha, Armaniston TIV bayonoti mamlakat ozarlarining qaytishiga har tomonlama yo‘l qo‘ymaslik maqsadidan voz kechmaganini ko‘rsatadi. Sharhda, shuningdek, Armaniston rahbariyatining so‘nggi paytlarda keskinlashgan ritorika va xatti-harakatlari “Yerevan yana bir bor tinchlik uchun yuzaga kelgan tarixiy imkoniyatdan foydalanish niyatida emasligini” ko‘rsatishi ta’kidlangan. Qayd etilishicha, uch tomonlama bayonotni buzgan holda, Armaniston o‘z Qurolli kuchlarini Ozarbayjon suveren hududlaridan to‘liq olib chiqmagan. 

“Biz yana bir bor Armaniston siyosiy rahbariyatini mas’uliyat bilan yondashishga, 44 kunlik urushdan keyin tinchlikka erishish imkoniyatlariga putur yetkazuvchi provokatsiya va bayonotlar, yolg‘on ritorikadan tiyilishga chaqiramiz”, deyiladi sharhda. 

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Bakuni Yerevanga qarshi yangi tajovuzni tayyorlashda va o‘z nazorati ostida bo‘lgan (tan olinmagn) Tog‘li Qorabog‘ hududidan arman izlarini yo‘q qilish maqsadida ko‘chirish dasturini amalga oshirishda ayblab bayonot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing