Armaniston urushga Rossiyani qo‘shishni istayapti – Ilhom Aliyev

Olam

image

Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolarni global urushga aylantirishni va o‘ziga Rossiyani sherik qilib olishni istayapti. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Turkiyaning “TRT Haber” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Bizningcha, bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi urush. Uni biz boshlamadik va sababchisi ham biz emasmiz. Biz faqat o‘zimizni himoya qilyapmiz va o‘z tuproqlarimizni qaytarishlarini istayapmiz. Bizga Armaniston tuproqlari kerak emas. Zotan, joriy yilning iyul oyida Ozarbayjon va Armaniston chegarasida Armaniston tarafidan boshlangan qurolli to‘qnashuvda Ozarbayjon Qurolli Kuchlari chegarani bosib, Armaniston tarafga o‘tgani yo‘q. Holbuki, biz chegarani bosib o‘tib, ularga kuchli zarbalar bersak ham bo‘lar edi. Ular ortga chekindi, qarshimizda hech qanday ta’siq yo‘q edi. Lekin bunday qilmadik. Chunki, bizning Armaniston Respublikasi yeralarida hech qanday harbiy maqsadimiz yo‘q”, deydi Ilhom Aliyev. 

Aliyevga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari ayni vaqtda Ozarbayjonning bir necha viloyatlariga qurolli hujumni uyushtirmoqda. Biroq, Ozarbayjon hali Armaniston yerlariga hujum qilmagan. “Ular bizning hujum qilishimizni kutishyapti va shu oraqali dunyoga Armaniston bizga hujum qilyapti degan chaqiriq bilan chiqishmoqchi”, deydi Prezident Aliyev. 

Uning qayd etishicha, Ozarbayjon va Rossiya munosabatlari har sohada rivojlanib bormoqda. Rossiya Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi mojaroda na u, na bu mamlakatning tarafini olyapti. Masalaga real baho bermoqda. 

“Tarafkashlik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Holbuki, Armaniston bundan juda umidvor edi. Armanistonning ushbu mojaroni mintaqaning tashqarisiga olib chiqishdan maqsadi ham unga Rossiyani jalb qilishdir. Nima uchun bugun Armaniston o‘z yerlaridan turib Ozarbayjonga hujum qilmoqda? Sabab shu: biz takror hujum qilsak, ular Rossiya va boshqa mamlakatlar a’zoligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibiyatiga murojaat qiladi va yordam so‘raydi. Xo‘sh, ular nega bu provakatsiyani iyul oyida Ozarbayjon va Armaniston chegarasida amalga oshirdilar? Holbuki, bu hudud Qorabog‘dan ancha uzoqda edi. Ularning maqsadi, bu provakatsiyaga qarshi biz ham chegarani bosib o‘tib, ularga hujum qilishimiz edi. Ana undan keyin ular Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga murojaat qilib, boshqalar bilan Ozarbayjonga qarshi urush ochardi. Ya’ni ular shu yo‘l bilan Rossiyani bu ishlarga jalb qilishni istaydilar. Bu ularning navbatdagi provakatsiyasi va o‘ylaymanki, ular bunga muvaffaq bo‘lmaydilar”, deydi Aliyev. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-16 iyul kunlari ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyat yanada keskinlashdi. Ozarbayjonda Armaniston Qurolli kuchlari hujumga o‘tgani aytildi. Rasmiy Yerevan ham qurolli to‘qnashuvga ozarbayjonlik askarlar hujumga o‘tganini sabab qilib ko‘rsatdi. Rasmiy Baku 11 nafar harbiy jumladan general-mayor Po‘lat Gashimov ham halok bo‘lganini bildirdi. Yerevan esa 4 qurbon va 10 yarali haqida ma’lumot berdi.

21 sentyabr kuni Ozarbayjon chegaraning Tovuz rayoni yo‘nalishida harbiy xizmatni o‘tayotgan askar Armaniston qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutib o‘ldirilganini aytib chiqdi.   


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing