Armaniston Ozarbayjon bilan asirlarni almashdi

Olam

image

Kecha, 15 sentyabr kuni Armaniston chegarada Ozarbayjon bilan asirlarini almashdi. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni jurnalistlarga Armaniston harbiy boshqarmasi matbuot kotibi Aram Torosyan ma’lum qildi. 

"Kecha [Armanistonning] Syunik viloyatida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligining Nerkin And tumanida harbiylarning jasadlarini qaytarish bo‘yicha olib borilgan ish paytida qo‘lga olingan xodimini qaytardi. U ozarbayjonlik harbiy asirga almashtirildi”, deydi matbuot kotibi. 

15 sentyabr kuni Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi guruh bilan birgalikda jangovar harakatlar paytida halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarish uchun Ozarbayjon bilan chegaraga borgan qutqaruvchi bilan aloqa uzilgani haqida xabar berdi. 

To‘qnashuvlarda avvaliga Ozarbayjon tomonidan 77 nafar, Armanistondan 105 nafar harbiy halok bo‘lgani aytildi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 sentyabriga o‘tar kechasi Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlari mamlakatning aholi punktlarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Bakuning qayd etishicha, bu Yerevanning "provokatsiyalari"ga javobdir. Keyinroq Ozarbayjon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga erishgani haqida xabar berdi, biroq Armaniston o‘q uzish davom etayotganiga ishora qilmoqda. 

Armaniston Xavfsizlik Kengashi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, unda Do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, KXSHT va BMT Xavfsizlik Kengashi qoidalaridan foydalanish uchun Rossiyadan yordam so‘rashga qaror qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

33

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing