Armaniston muxolifati Pashinyanga ultimatum qo‘ydi

Olam

image

Bugun, 5 dekabr kuni Yerevanda miting va yurish o‘tkazgan Armaniston muxolif siyosiy kuchlari Bosh vazir Nikol Pashinyanning hukumat qarorgohi oldida tugatishdi. Muxolifat Hukumat rahbaridan ultimatum shaklida joriy yilning 8 dekabrigacha vakolatini topshirishni talab qildi.

“Biz seshanba kuni soat 12:00 gacha Pashinyan ketishini talab qilamiz. Ugar u ketmasa, biz butun mamlakat bo‘ylab, norozilik aksiyasini boshlaymiz”, degan “Dashnaksutyun” partiyasi vakili Ishxan Sagatelyan.

Avvalroq, Yerevanda Pashinyanga iste’fosini talab qilib namoyish bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Namoyishchilar Ozodlik maydonida namoyishni tugatib, Proshyana ko‘chasidagi Hukumat qarorgohi tomon yurishdi. Politsiya namoyishchilarni qo‘lga olmadi.

Muxolif siyosatchilar Pashinyan 9 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha imzolangan bayonotni kapitulyatsiya deb hisoblayapti. Uning raqiblari mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolar uchun javobgarlikni ham Pashinyaga yuklashyapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 sentyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni boshlagandi. Har ikki tomon ham bir-birini tashviqotda ayblab, to‘liq yoki qisman harbiy safarbarlik e’lon qilgandi.

Joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi. 

Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qo‘shinlari Qorabog‘da besh yildan ko‘proq qolishidan umidvorligini bildirdi. Pashinyan TASS nashriga bergan intervyusida ushbu besh yillik davr nimaga asoslanib belgilangani va shu vaqt ichida nimalar qilish kerakligi haqida gapirdi

Pashinyanga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlik kafolatlarini yaratishi zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, RTKning Tog‘li Qorabog‘da bo‘lish muddati besh yil bilan cheklanib qolmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing