Armaniston muxolifati Pashinyan bilan uchrashishdan bosh tortdi 

Olam

image

Armanistonda muxolifatning "Vatanni qutqarish harakati" partiyasi Bosh vazir Nikol Pashinyan bilan o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashishdan bosh tortdi. Ushbu uchrashuv Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan tashabbusi bilan tashkillashtirilgandi. 

"Biz kun tartibimizdagi siyosiy maslahatlashuvlarga tayyormiz - Pashinyanning iste’fosi, vaqtinchalik Hukumat tuzilishi va muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish. Uchrashuvlar parlamentda o‘tkazilishi kerak, ular ochiq bo‘lishi va jonli efirda namoyish etilishi kerak", degan harakat vakili. 

Avvalroq, "Yorqin Armaniston" muxolifat partiyasi rahbari Edmon Marukyan muddatidan oldin o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan parlament saylovlari bo‘yicha Pashinyanga "bitim" taklif qilgandi.  

Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi. 

Buning sababi Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Pashinyan muxolifat

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing