“Arqadag‘” O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yil 28 noyabr kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishining borishini ko‘rib chiqadi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Turkmaniston Prezidenti 29 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing