“Arqadag‘” Tataristonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Olam
−
20 may 2022
4240Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov “Tatariston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov kecha, 19 may kuni ushbu mukofotni topshirdi. Bu haqda Tatariston rahbari Matbuot xizmati xabar bergan.
Gurbanguli Berdimuhamedov “Tatariston Respublikasining oliy mukofotini qabul qilish u uchun katta sharaf” ekanini ta’kidlagan va buni qardosh Tataristonning Turkmaniston xalqiga bo‘lgan yuksak hurmati belgisi sifatida baholashini ta’kidlagan.
“Tatariston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni 2004 yil 24 martda ta’sis etilgan. Bu Tatariston Respublikasining eng oliy davlat mukofotidir. Ushbu orden bilan fuqarolar Tatariston Respublikasi davlatchiligini rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyot, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, san’at va sportni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari va jamoat tartibini himoya qilishda ko‘rsatilgan jasorati uchun taqdirlanadi.
Bu Gurbanguli Berdimuhamedovga taqdim etilgan Tatariston Respublikasining birinchi davlat mukofoti emas. 2017 yil boshida u “Do‘stlik” ordeni sohibi bo‘lgan.
LiveBarchasi