“Arqadag‘” parlamentni qayta tashkil etmoqchi. U taklifini o‘g‘liga yubordi

Olam

image

Turkmaniston Milliy parlamentining Vakillar palatasi (Halq Maslahati Milliy Kengashi) tugatilishi, qonun chiqaruvchi organi (Milliy Kengash) esa bir palatali parlamentga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. Bu qaror bir kun avval parlament har ikki palataning yuqori palata raisi Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida qabul qilingan, deb xabar berdi bugun, 12 yanvar kuni “Neytral Turkmaniston” gazetasi. 

Berdimuhamedov o‘z nutqida ikki yil avval organlar tizimini modernizatsiya qilish doirasida parlament ikki palatadan – Xalq Maslahati va Mejlisdan iborat Turkmaniston Milliy Kengashiga aylantirilganini eslatdi.  

“Bugungi kunda ular o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarmoqda. Biroq, zamonaviy o‘zgarishlardan kelib chiqib, qonun chiqaruvchi organ tuzilmasini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi, bu esa zamonning haqiqiy talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Shu bois Xalq tomonidan asrlar davomida shakllangan davlat qurilishi amaliyotini inobatga olib, ajdodlarning ezgu an’analariga amal qilgan holda, eng muhim siyosiy, iqtisodiy va harbiy masalalarni xalq delegatlari ishtirokida milliy forumda xalq hokimiyatining oliy vakillik organi – Turkmaniston Xalq Maslahatida hal etishni taklif qilaman”, deya Berdimuhamedovning so‘zlaridan istibos keltiradi gazeta. 

Xalq Maslahatitashkil etilishi va unga keng vakolatlar berilishi munosabati bilan, shu jumladan konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Xalq Maslahati Milliy Kengashi tugatiladi. Shuningdek, mamlakatda qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Turkmaniston Milliy Kengash (parlamenti)ni bir palatadan iborat Turkmaniston Majlisi qilib qayta tashkil etish taklif qilinmoqda. Xalq Maslahati ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, mamlakatni rivojlantirish dasturlarini (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqalar) ham ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi. 

Tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Xalq Maslahati tarkibiga uning raisi, mamlakat prezidenti, parlament raisi, Oliy sud raisi, Davlat xavfsizlik kengashi kotibi, parlament deputatlari, parlament a’zolari, Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili, Bosh prokuror, Adliya vaziri, viloyat, tuman va shahar hokimliklari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari kiradi.

Bu takliflar yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga yuborilgan. Va Gurbanguli Berdimuhamedov Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan takliflarni ishlab chiqish va umumlashtirish bo‘yicha konstitutsiyaviy komissiya tuzish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan. Bundan tashqari, gazeta Serdar Berdimuhamedov 21 yanvar kuni jamoatchilik vakillari ishtirokida davlat va jamiyat hayotining muhim masalalarini muhokama qilish uchun parlament palatalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 2021 yilning 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov 72,97 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Gurbanguli Berdimuhamedov Prezident o‘laroq mamlakatni 2007 yildan 2021 yilgacha boshqardi. U lavozimidan ketganidan keyin Turkmaniston Xalq Maslahati Milliy Kengashi raisi lavozimini egalladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing