“Arqadag‘” itga o‘rnatilgan yodgorlik ochilishida ishtirok etdi
Olam
−
12 noyabr 2020
8126Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Alabay nomli itga o‘rnatilgan oltin yodgorlikning ochilishida ishtirok etdi. Bu haqda “Türkmenistan bu gün” xabar berdi.
Agentlikning ta’kidlashicha, yodgorlik shaxsan “Arqadag‘” – Prezident Berdimuhamedov tashabbusi bilan qad rostlagan. Uni o‘rnatishdan maqsad "ushbu ajoyib hayvonlarning mislsiz jasorati va buyuk mehribon qalbiga hurmat, ehtirom ko‘rsatish, ularning millatning tarixiy taqdiridagi roli va ularning xalq hayotidagi o‘rnini ta’kidlash" ekani aytilgan.
Yodgorlikning umumiy balandligi 15 metrni tashkil etadi. Shuning 6 metri Alabaydir. It haykali 9 metrlik aylana ustun ustiga o‘rnatilgan. Qayd etilishicha, 36 m diametrli maydonda joylashgan 15 metrlik yodgorlik har tomondan yaqqol ko‘rinib turadi va uni uzoqdan payqash mumkin
2017 yilda Turkmaniston rahbari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga alabay kuchukchasini sovg‘a qilgandi. Berdimuhammedovning so‘zlariga ko‘ra, itga “Verniy”laqabi berilgan.
2019 yil may oyida Berdimuhammedov Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedevga ham alabay itidan sovg‘a qildi. Itga “Ike” taxallusi berilgan.
Turkman Alabay yoki bo‘ri iti - O‘rta Osiyo cho‘pon itining bir turi. Bu sayyoradagi eng qadimgi nasllardan biri hisoblanadi. Axalteke oti bilan bir qatorda, Alabay Turkmanistonning milliy boyligi hisoblanadi. Rasmiy ruxsatsiz xorijga zotli hayvonlarni eksport qilish taqiqlanadi.
LiveBarchasi