Arqadag‘ Eronga bordi. Uning tashrif maqsadi oydinlashdi

Olam

image

Bugun, 30 may kuni Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif bilan Eronga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Turkmenistan today” nashri xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Tehron havo bandargohida Berdimuhamedovni Eron rasmiylari kutib olgan.

Berdimuhamedov birinchi navbatda Eron yo‘llar va shaharsozlik vaziri Mehrdod Barzpash bilan uchrashgan.

Turkmanistonlik siyosatchi doimiy betaraflik maqomiga asoslangan tashqi siyosat kursini izchil amalga oshirayotgan Ashxobod qo‘shni davlatlar, jumladan, Eron Islom Respublikasi bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidlagan.

Suhbat davomida turli sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgan hamkorlik teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillariga asoslangani aytib o‘tilgan. Do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan Turkmaniston-Eron hamkorligi bundan keyin ham muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hokimiyatni o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovdan qaytarib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing