Abdulla Aripov YeOII hukumatlararo kengashi majlisida ishtirok etadi
Jamiyat
−
04 fevral 2021
6467O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ertaga, 5 fevral kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi va “Digital Almaty 2021” xalqaro forumida ishtirok etadi Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya, shuningdek, kuzatuvchi davlatlar vakillari qatnashadi.
“Digital Almaty 2021” xalqaro forumi “Raqamli qayta yuklanish: yangi reallik sari intilish" mavzusiga bag‘ishlangan.
Forumning asosiy vazifalari etib raqamlashtirish sohasida mintaqaviy va global darajadagi kun tartibi, raqamli transformatsiyaning yangi strategiyalari va yangi texnologiyalar sohasidagi tendensiyalarni shakllantirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikning navbatdagi bosqichlari va istiqbollarini muhokama qilish masalalari belgilangan.
O‘zbekiston hukumati rahbari Yevroosiyo hukumatlararo kengashining majlisida birinchi marta ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘tgan yil 11 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi onlayn sammitida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgan edi.
LiveBarchasi