Aripov va Mishustin O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini muhokama qildi

Jamiyat

image
Bu yordam umumiy tariximizni to‘ldiradi – Rossiya O‘zbekiston ko‘magiga baho berdi north_east

Bu yordam umumiy tariximizni to‘ldiradi – Rossiya O‘zbekiston ko‘magiga baho berdi

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga koronavirusga qarshi kurash uchun yuborilgan niqob va boshqa tibbiy vositalar uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda RF Hukumat portali bergan ma’lumotda ma’lum qilindi.

Bosh vazirlar kecha, 20 aprel kuni telefon orqali muloqot qilgan. Muloqotda insonparvarlik yordam ikki tomonlama aloqalarning hamkorlik xarakterini yana bir ochib bergani ta’kidlangan.

Abdulla Aripov Rossiya tomoni O‘zbekistonga koronavirusni aniqovchi testlarni tezkorlik yuborgani va rus epidemiologlari bemorlarni davolashda o‘zbekistonlik hamkasblariga maslahatlar berib turgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Hukumat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikdagi dolzarb masalalar va O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyalashuvchi haqida ham fikr almashgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Abdulla Aripov Mixail Mishustin

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing