Bu yordam umumiy tariximizni to‘ldiradi – Rossiya O‘zbekiston ko‘magiga baho berdi

Olam

image

Bugun, 18 aprel kuni O‘zbekiston tomonidan Rossiyaga yuborilgan tibbiy mahsulotlardan iborat gumanitar yordam ortilgan samolyot Moskva shahriga qo‘ndi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk xabar bermoqda.

“Sheremetevo aeroportiga kelgan yuklarda tibbiy niqoblar mavjud”, deyiladi Overchuk kotibiyati ma’lumotida.

Rossiyaga umumiy hisobda 5 millionta tibbiyot niqoblari va dokalar yuborilgan.

Samolyotni aeroportda O‘zbekiston elchixonasi va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi vakillari kutib oldi.

“Men ushbu qo‘llab-quvvatlash va yordam uchun O‘zbekiston Respublikasi xalqiga va hukumatiga, birodarlarimizga eng samimiy so‘zlarni aytmoqchiman, bu biz uchun juda muhim”, dedi Aleksey Overchuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tibbiy buyumlar “birinchi navbatda, pandemiyaga qarshi kurashning boshida ishlayotganlarga yuboriladi”.

“Biz bilamizki, O‘zbekiston aholisi koronavirus infeksiyasidan aziyat chekmoqda. Mamlakatda undan zararlanganlar ham, vafot etganlar ham bor. Ammo shunga qaramay, O‘zbekiston Rossiyaga umumiy tariximizni to‘ldiradigan eng zarur bo‘lgan yordamni ko‘rsatdi”, dedi u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

1002

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing