Yangi qoida: Endi bir qo‘l bilan avtobus haydash mumkin
Olam
−
11:08 1539 2 daqiqa
Rossiyada bir qo‘li yoki oyog‘i yo‘q fuqarolarga avtobus, tramvay, trolleybus va yuk mashinalarini boshqarishga ruxsat berildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan tegishli qaror mamlakatning Huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilindi.
Avval amaldagi tartibga ko‘ra, qo‘li yoki oyog‘i yo‘q yoxud jiddiy deformatsiyaga
uchragan fuqarolar ushbu turdagi transport vositalarini boshqarishi mumkin emas
edi.
Yangi tartibga ko‘ra, faqat ikkala qo‘li yoki kafti yo‘q bo‘lgan, yoxud qo‘l panjalarini harakatlantirishiga xalaqit beradigan darajada qo‘li deformatsiyalangan fuqarolarga haydovchilik qilish taqiqlanadi. Mazkur o‘zgartirish Rossiyada urushda qatnashib, qo‘l yoki oyog‘idan jarohat olgan harbiy xizmatchilarni ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilinayotgan bir vaqtda qabul qilindi.
Joriy yilning 10 avgust kuni Buryatiya rahbari Aleksey Sidenov Vladimir Putindan qo‘l-oyog‘idan jarohat olgan urush qatnashchilariga avtobus va yuk mashinalarini haydashga ruxsat berishni so‘ragan edi.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda reabilitatsiya vositalari hamda transportni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari rivojlangan. Shu sababli ayrim jarohatlarga ega bo‘lgan harbiylar haydovchilik faoliyatini davom ettirishi mumkin.
19 avgust kuni Vladimir Putin ham urush qatnashchilarining mehnat bozoriga qaytishi masalasiga to‘xtalib, ularni ish bilan ta’minlashga oldindan tayyorgarlik
ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Perm shahridagi “Lukoyl-Permnefteorgsintez” neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchragani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi