Aripov Medvedev bilan uchrashdi

Olam

image

O‘zbekiston Rsepublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvaga safar qilishi va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 10 iyul kuni Abdulla Aripov Moskvada Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Uchrashuv Aripovning ishchi tashrifi doirasida amalga oshirildi. Bu haqda RF hukumat portalida xabar berildi.

Medvedev Abdulla Aripovni samimiy kutib olib, so‘nggi vaqtlarda tez-tez uchrashishayotganini qayd etgan.

“So‘nggi vaqtlarda tez-tez uchrashyapmiz. Bu O‘zbekiston va Rossiya aloqalari rivojlanayotganidan dalolat beradi. Yaqinda siz meni Toshkent, Urganch va Xivada qabul qilgandingiz”, degan Medvedev.

Medvedev Aripov bilan mintaqalarni boshqarish, davlat tomonidan olib boriladigan jarayonlarning raqamlashtirilishi borasida Rossiyada qo‘llanilayotgan va foyda berayotgan texnologiyalar bilan tanishish uchun Moskvaga safar qilishiga kelishib olishganini eslatib o‘tdi.

Dmitriy Medvedev uchrashuvdan foydalanib, RF Prezidenti Vladimir Putin va o‘zi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga salom yo‘lladi.

Abdulla Aripov samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat aloqalarida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvdan foydalanib, Shavkat Mirziyoyevning Vladimir Putin va Medvedevga yo‘llagan salomini yetkazdi.

Aripov Moskva viloyati boshqaruvida informatsion texnologiyalarning mohirona joriy qilinganini ko‘rgani va yangi rejalar qura boshlaganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov Moskvaga tashrifi davomida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodets bilan Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) hududida “O‘zbekiston” pavilonini ochib beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing