Yevropaliklarning xotirjam uyqusi tugadi – Medvedev

Olam

image

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Yevropa Ittifoqi davlatlari amalda Rossiyaga qarshi urushga bir tomonlama ravishda kirishganini da’vo qildi. Bu haqda uu X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari, sizlar shuni tushunishingiz kerakki, hukumatlaringiz bir tomonlama ravishda Rossiyaga qarshi urushga kirishdi”, deb yozgan Medvedev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli yevropaliklar uchun “xotirjam uyqu davri yakunlangan” va buning uchun kim javobgar ekanini yaxshi bilishlari kerak.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitry Peskov ham Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etayotganini bildirgan edi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berayotgani sababli Yevropa Ittifoqi tinchlik muzokaralarida vositachi bo‘la olmaydi.

Peskov, shuningdek, Rossiya Yevropada ishlab chiqarilgan qurollar yordamida amalga oshirilayotgan Ukraina hujumlarini e’tiborsiz qoldira olmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin maslahatlashuvlar uchun Moskvaga chaqirilgandi. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, bu qaror Armaniston rahbariyatining Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish bo‘yicha qadamlariga bog‘liq bo‘lib, Moskva ularni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi hamkorlikka zarar yetkazayotgan harakatlar deb baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing