Aripov Qirg‘izistonga bordi
Olam
−
01 avgust 2019 4280 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 1 avgust kuni Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasiga bordi. Bu haqda Qirg‘iziston Hukumati Matbuot xizmati xabar berdi.
Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportida Abdulla Aripovni Qirg‘iziston vitse-Bosh vaziri Jenish Razaqov kutib oldi.

Abdulla Aripov tashrifi davomida Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammadqali Abilg‘oziyev bilan uchrashadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Bosh vaziri Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov qabulida ham bo‘ladi.