Aripov Qirg‘izistonda O‘zbekiston ajratgan $5 mlnga ta’mirlanayotgan teatrni borib ko‘rdi

Olam

image

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali-drama teatri binosini rekonstruksiya qilish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati Matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etish kerakki, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining chegaradosh viloyatlardagi vakillari va O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari hokimlari kengashi yig‘ilishida ikki davlat Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida O‘zbekiston Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqa va drama teatri binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishi to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

Uni rekonstruksiya qilish ishlari 2021 yil sentyabr oyida boshlangan bo‘lib, ishlarni joriy yilning sentyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan. Amalga oshirilayotgan ishlarning taxminiy qiymati 5 million dollarni tashkil etadi. Teatr 500 o‘ringa mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 aprel kuni Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga borgandi. Tashrif davomida Bosh vazir Qirg‘izistonda O‘zbekiston ajratgan 3,5 mln dollarga qurilgan maktab ochilishida qatnashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov

Baholaganlar

146

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing