Aripov Belarus Bosh vaziri bilan uchrashdi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2023
4041O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya kecha, 25 oktyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishmcha, uchrashuvda O‘zbekiston ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘ninchi yig‘ilishini hamda ikkinchi mintaqalararo forumini Toshkentda o‘tkazishni taklif qildi.
Shuningdek, muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 1 milliard dollarga yetkazishga kelishilgan.
Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarning hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 25-26 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 oktyabr kuni Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonning Bishkek shahriga yetib borgandi.
LiveBarchasi