Ariqdan murdasi topilgan bolaning o‘limiga nima sabab bo‘ldi? Yangi ma’lumotlar ochiqlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Urgut tumanida ariq chetidan murdasi topilgan 3 yashar bolaning o‘limiga suvda oqib ketgani sabab bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Aytilishicha, 2020 yilda tug‘ilgan bola uy oldidan o‘tuvchi ariqqa ehtiyotsizlik qilib tushib ketgan. U ma’lum bir masofagacha oqib borgan va mahalliy fuqarolar tomonidan suvdan chiqarib olingan. Tez-tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay, bola vafot etgan.

Voqea joyida o‘rganish ishlari olib borilganda, guvohlarning ko‘rsatmalariga asosan ushbu ariqda 20-30 santimetr balandlikda suv oqib o‘tgani aniqlangan.

“Bu kuchli suv oqimi emas, faqatgina yosh bolani oqizib ketish kuchida bo‘lgan”, deydi FVB xodimi.

Samarqand viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi tomonidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Urgut tumanida kecha, 3 aprel kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha 12,3 millimetr yomg‘ir yog‘gan, bu esa sel va suv toshqinlarining kelib chiqishiga sabab bo‘la olmaydi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolaning sel kelishi oqibatida oqib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu asossiz, noto‘g‘ri ma’lumotlar hisoblanadi. Bu holatda yosh bola ehtiyotsizligi sabab oqib ketgan”, deya ta’kidladi FVB xodimi.
Shuningdek, u ota-onalardan farzandlariga nisbatan e’tiborli bo‘lishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 aprel kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi ariq chetidan 3 yashar bolaning murdasi topilib, uning o‘limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand ariq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing