Argentinalik “apachi” Qatar mundiali favoritlarini ma’lum qildi

Sport

image

“Manchester Siti” va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Karlos Teves Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qaysi jamoalar favorit ekanligini aytib o‘tdi.

“Men uchun asosiy favorit - Argentina. Jamoaning so‘nggi o‘yinlaridan xursandman. Bundan tashqari, Braziliyani unutmaslik kerak. Neymar o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olsa, jamoada muvaffaqiyatga erishish imkoniyati katta. Fransiyani ham grandlar qatoriga qo‘shish mumkin, garchi fransuzlarda jarohatlar muammosi ko‘paygan bo‘lsa-da. Shuningdek, Ispaniyani chempionlikka asosiy nomzod jamoalar ro‘yxatiga kiritaman", deydi Karlos.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Karlos Teves futbolchi sifatida Argentina terma jamoasi safida umumiy 76 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta golga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Teves Argentina

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing