Argentinadagi futbol o‘yinida 11 ta qizil kartochka ko‘rsatildi

Sport

image

7 noyabrga o‘tar kechasi Argentinada Chempionlar kubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bitta o‘yindan iborat finalda “Boka Xuniors” va “Rasing” jamoalari to‘qnash keldi. Qizig‘i, “Boka Xuniors” ko‘p sonli chetlatishlar tufayli o‘yinni davom ettira olmadi.

“Boka Xuniors” tarkibida yetti nafar futbolchi (beshtasi maydonda, ikkitasi zaxirada), shuningdek, bosh murabbiy Ugo Ibarra hakam tomonidan chetlatildi. “Boka”ning maydonda yetti nafar futbolchisi qolmagani bois bosh hakam uchrashuvni ertaroq tugatdi. Shu tariqa, jami o‘yinda 10 nafar futbolchi va bir murabbiy qizil kartochka oldi.

O‘yin 2:1 hisobida “Rasing” foydasiga hal bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, Chempionlar kubogi an’anaviy tarzda mamlakat chempioni va Argentina professional liga kubogi sohibi o‘zaro to‘qnash keladigan musobaqa hisoblanadi. “Boka Xuniors” ikkala turnirda ham g‘olib chiqdi. Shuning uchun Chempionlar kubogi uchun o‘yinga ikkinchi yo‘llanma “Rasing2 (Argentina chempionati kumush medali sohibi)ga nasib etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Boka Xuniors

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing