Argentina Fransiya va Urugvayni quvib o‘tdi  (Fotogalereya)

Sport

image

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati finalida Fransiyani mag‘lub etgan Argentina terma jamoasi mundiallarda uchinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Janubiy Amerika terma jamoasi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Fransiya va Urugvay jamoalarini ortda qoldirdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Braziliya terma jamoasi yetakchi hisoblanadi - "selesao" hisobida beshta unvon mavjud. Germaniya va Italiya to‘rt martadan Jahon chempioni bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida Polsha, Meksika va Saudiya Arabistoni jamoalarini ortda qoldirdi. 1/8 finalda Lionel Skaloni shogirdlari Avstraliyani mag‘lub etdi - 2:1. Chorak final bahsida janubiy amerikaliklar dramatik kechgan bahsda Niderlandiyadan kuchliroq bo‘lib chiqdi – lolalar yurti vakillari asosiy vaqtda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, ammo penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Yarim final uchrashuvida Argentina Xorvatiyani mag‘lub etdi - 3:0.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe Messi

Baholaganlar

458

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing