Kurs UZS

USD

12 943.39

-9.81

EUR

14 108.30

50.19

RUB

153.70

2.57

Arab davlatlari Trampning “G‘azo Riverasi” g‘oyasiga Misrning muqobilini qabul qildi

Olam

image

Kecha, 4 mart kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi raisligida Falastin Davlati iltimosiga binoan favqulodda arab sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit ishtirokchilari Misr tomonidan tayyorlangan G‘azoni qayta qurish rejasi va yakuniy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda Misr Prezidenti devoni ma’lum qildi.

“Sizdan G‘azoni qayta qurish rejasini va sammitimizning yakuniy deklaratsiyasi loyihasini qabul qilishingizni so‘rayman”, dedi Misr rahbari yig‘ilish ishtirokchilariga.

Hech qanday e’tiroz bo‘lmadi va ikkala hujjat ham qabul qilingan deb e’lon qilindi.

Trampning G‘azoni egallash g‘oyasini dunyo qanday qabul qildi? north_east

Trampning G‘azoni egallash g‘oyasini dunyo qanday qabul qildi?

Prezident matbuot kotibi, elchi Muhammad al-Shennaviyning aytishicha, sammit chog‘ida arab yetakchilari Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini muhokama qilgan. Ular falastinliklarni o‘z yerlaridan quvib chiqarish yoki Falastin masalasini tugatishni mutlaqo rad etishlarini tasdiqlagan.

Arab davlatlari rahbarlari 1967 yil 4 iyundagi chegaralar bo‘ylab mustaqil Falastin davlatini, uning poytaxti Sharqiy Quddusni barpo etish bo‘yicha mintaqada mustahkam tinchlikka erishishning yagona yo‘li bo‘lishi borasidagi arab pozitsiyasining qat’iyligini ta’kidlagan.

Sammitda, shuningdek, G‘azo sektorini aholini ko‘chirmasdan qayta qurish bo‘yicha Misr rejasi muhokama qilingan va tasdiqlangan.

Arab davlatlari rahbarlari sammitning yakuniy bayonotida o‘z aksini topgan ushbu rejani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Trampning G‘azoni egallash g‘oyasi ortidan Misr favqulodda arab sammitini chaqirdi north_east

Trampning G‘azoni egallash g‘oyasi ortidan Misr favqulodda arab sammitini chaqirdi

Shuningdek, Arab Ligasi sammitining yakuniy deklaratsiyasida BMT Xavfsizlik Kengashiga G‘azo va Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga tinchlikparvar kuchlarni yuborish so‘rovi bilan murojaat qilingan.

Bundan tashqari, yakuniy deklaratsiyada Arab Ligasi davlatlari rahbarlari Ramazon oyi davomida Falastin hududlarida keskinlik darajasini pasaytirishga, Isroilni Iordan daryosining g‘arbiy sohilida “tajovuzni to‘xtatish”ga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp 4 fevral kuni Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvdan so‘ng Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini nazorat ostiga olishini aytgandi. Shundan so‘ng u G‘azo aholisini ko‘chirish va u yerni “Yaqin Sharq Riverasi”ga aylantirish haqida bir necha bor takrorladi hamda ko‘chirilgan g‘azoliklar ortga qaytmasligini ham aniq aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr G'azo Arab Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing