Arab davlatlarining cheklangan yordamidan HAMASning hafsalasi pir bo‘ldi

Olam

image

HAMAS harakatining arab mamlakatlari va manfaatli tomonlarning cheklangan qo‘llovidan hafsalasi pir bo‘ldi. Bu haqda HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Musa Abu Marzukka tayanib, “Al Jazeera” telekanali xabar berdi

“Biz “Hizbulloh” va G‘arbiy Sohildagi hamkasblarimizga katta umid bog‘lagan edik, biroq Falastin ma’muriyatidagi hamkasblarimizning umidsizlikka uchragan pozitsiyasidan xavotirdamiz”, degan u. 

Shuningdek, Abu Marzuk Falastin ma’muriyati a’zolari va ba’zi arab davlatlari vakillari yashirincha G‘arbni HAMASni yo‘q qilishga chaqirayotganini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Abu Marzuk boshchiligidagi HAMAS delegatsiyasi Moskvaga borib, u yerda Rossiya Prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashgan. Tomonlar Falastin va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq HAMAS harakatining siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniya arab va islom davlatlarini qurol va mablag‘ bilan ta’minlash orqali harakatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi. HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvar ham urush boshlanganidan beri birinchi marta ochiq bayonot berib, Isroil qamoqxonalaridagi barcha falastinliklar evaziga HAMAS qo‘l ostidagi barcha mahbuslar ozod qilishga tayyor ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing