Apple yana bir taqdimot o‘tkazdi
Texnologiya
−
08 dekabr 2020
7068Apple kompaniyasi to‘liq hajmdagi simsiz va shovqinni kamaytiradigan AirPods Max quloqchinini (naushnik) namoyish qildi.
“Yuqori sifatli ovoz AirPods`ning sehrli soddaligi bilan mukammal uyg‘unlikda”, Apple saytida yangi aksessuar shunday tariflangan.
Taqdimotda aytilishicha, AirPods Maxning barcha elementlari quloqchin har qanday shakldagi boshda qulay joylashishii hisobga olib, loyihalashtirilgan.
AirPods Max`ning bir tarafida huddi Apple Watch kabi Digital Crown joylashtirilgan. U bilan ovoz balandligini o‘zgartirish, musiqalarni o‘zgartirish, telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berish va Siri`ni faollashtirish mumkin.
Quloqchinlar besh xil rangda ishlab chiqariladi. Yangi aksessur 15 dekabrdan sotuvga chiqadi. Uning narxi esa naqd 549 dollar.
Eslatib o‘tamiz, Apple 2020 yil kuzda uchta taqdimotni o‘tkazib ulgurgandi. 15 oktyabr kunidagi taqdimotda yangi soat va iPad`lar namoyish qilindi, 13 oktyabr kuni esa yangi iPhone`lar taqdim etildi. 10 noyabrda esa yangi M1 protsessori va MacBook noutbuklarini namoyish qilgandi.
LiveBarchasi