Apple o‘z smartfonlari uchun sovutadigan g‘ilof ishlab chiqarmoqchi

Texnologiya

image

Apple korporatsiyasi o‘z smartfonlari uchun innovatsion g‘iloflar ishlab chiqarishni niyat qilmoqda. Yangi aksessuar gadjetni sovutish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda "Appleinsider" xabar bergan.

Kompaniyaning o‘zi yangilik haqidagi barcha tafsilotlarni oshkor qilmagan. 

Nashrga ko‘ra, sovutadigan g‘ilof MagSafe (quvvatlantirgich) yordamida gadjetga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Passiv sovutish texnologiyasiga ega yangi g‘ilof do‘konlarda qachon paydo bo‘lishi haqida xabar berilmagan.

Avvalroq, Apple kompaniyasi kompyuter va noutbuklar uchun ishlab chiqargan protsessorini namoyish qilgani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, Apple joriy yilning 15 sentyabrida yangi soat va iPadlar namoyish qilgandi, 13 oktyabr kuni esa yangi iPhonelarini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

26

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing