Apple taqdimotini o‘tkazdi. Yangi iPhone`ning “qora”si ko‘rinmadi (foto+videoreportaj)

Texnologiya

Avval xabar berganimizdek, Apple kompaniyasi bugun, 15 sentyabrda o‘zining an’anaviy sentyabr oyidagi taqdimotini o‘tkazyapti. Unda aqilli soatning va iPad`larning yangi avlodi namoyish qilindi. Kompaniya ilk bor yangi iPhone modellarini sentyabrda ommaga taqdim etmadi.

Презентация Apple сегодня пройдет без iPhone. Но что покажут?

Korporatsiya rahbari Tim Kuk taqdimot avvalida aqilli soatlarning yangi avlodini Apple Watch Series 6 ni namoyish qildi.

Apple Watch Series 6 da sohibining jismoniy holatini kuzatib borishga katta urg‘u berilgan. Taqdimotda kompaniya Apple Watch haqiqatan hayotini saqlab qolgan odamlar ko‘rsatildi.

Yangi versiyaning dizaynida katta o‘zgarishlar bo‘lmagan. Aqilli soatning oltinchi avlodi bir nechta rangda ishlab chiqariladi: ko‘k, tilla rang, kulrang va qizil.

Apple Watch Series 6 ikki yadroli S6 protsessoriga ega. Soatning bazaviy narxi 400 dollar.

Kompaniya Apple Watch`ning qimmat bo‘lmagan SE variantini ham namoyish qildi. Aqilli soatning bu versiyasi S5 protsessori bilan jihozlangan. Bu soat mashhur Series 3 o‘rniga namoyish qilindi.

Apple Apple Watch SE bolalar va qariyalar uchun qulay ekanini ta’kidladi. Uning narxi 280 dollar.

Ma’lumot o‘rnida, na Apple Watch Series 6, na SE qutisida USB-quvvatlagich bo‘lmaydi. Endilikda xaridorlar alohida quvvatlagich sotib olishi kerak bo‘ladi.

Taqdimotda iPad 2020 va iPad Air 2020 ham namoyish qilindi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bular butunlay o‘zgacha qurilmalar.

Birinchisi, hamyonbop iPad`larning avlodi bo‘ladi. Uning ekrani diagonali 10,2 dyuymni tashkil qiladi. Unga A12 Bionic “miyasi” joylashtirilgan.

iPad Air 2020 bir muncha qiziqarli. Uning ko‘rinishi Pro versiyani eslatib yuboradi. Aynan shu qurilma birinchi bo‘lib, A14 Bionic protsessoriga ega bo‘ldi. U ajdodidan 30-40 foizga tezroq. iPad Air ekranining diagonali 10,9 dyumga teng. Unda Face ID bilan birgalikda TouchID ham qo‘llaniladi. U o‘qirib-yoqish tugmasiga o‘rnatilgan. Planshetga universal USB-S o‘rnatilgan.

Kichik planshet AQSHda 329 dollardan sotiladi. Apple iPad Air 2020 uchun naq 599 dollar narx o‘rnatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

230

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing