Apple iPhone va iPad foydalanuvchilarini ogohlantirdi
Texnologiya
−
04 noyabr 2019
5682iPhone va iPad`ning eski modellari egalari so‘nggi dasturiy ta’minotni o‘rnatmasa o‘z qurilmalaridan foydalanishda muammolarga duch kelishi mumkin. Bu haqda Apple kompaniyasining rasmiy saytida xabar berildi.
Gap 2012 yilgacha chiqarilgan modellar haqida boryapti. Uzilishlar sana va vaqt bilan bog‘liq funksiyalarda kuzatilishi mumkin. Xususan, foydalanuvchilar uchun App Store, iCloud, elektron pochta, brauzer va navigatsiyaga kirish imkoniyati yo‘q bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Bu muammolar GPS bilan bog‘liq. Chunki aprel oyidan boshlab GPS kerak bo‘ladigan qo‘shimcha dasturlar ishida tashqi ta’sir kuzatila boshlangandi.
Foydalanuvchilar, shuningdek, ular 3 noyabrgacha o‘z qurilmalari dasturiy ta’minotini yangilashga ulgurmagan bo‘lsalar, endilikda bu ishni ma’lumotlarining zaxira nusxasini olib, shundan so‘ng kompyuter orqali amalga oshirishlari haqida ogohlantirilgan.
Bu muammolar quyidagi qurilmalarga taaluqli: iPhone 5 (iOS 10.3.4), iPad (4-avlod, Wi-Fi + Cellular, iOS 10.3.4), iPhone 4s (iOS 9.3.6), iPad mini (1-avlod, Wi-Fi + Cellular, iOS 9.3.6), iPad 2 (Wi-Fi + Cellular, iOS 9.3.6), iPad (3-avlod, Wi-Fi + Cellular, iOS 9.3.6).
LiveBarchasi