Apple ham, Google ham emas. 2018 yilning eng serdaromad kompaniyasi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

2018 yilda neft eng daromadli biznes bo‘ldi. Moody's Investors Service ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi 2018 yilda dunyoda eng ko‘p daromad qilgan kompaniya bo‘ldi. Saudi Aramco o‘tgan yili 111 mlrd dollar ishlab topgan. Apple (59,5 mlrd dollar) va Google (30,7 mlrd dollar) daromadlarini birgalikda olganda ham arab kompaniyasiga yeta olmaydi.

Kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari ilgari e’lon qilinmagan, ammo Saudi Aramco xalqaro obligatsiyalar bozoriga kirayotgani tufayli ular haqida ilk bor ma’lumot berdi.

Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasi Saudi Aramco neft qazib olish va neft zaxiralari bo‘yicha dunyoning eng yirik kompaniyasi sanaladi. Kompaniya 1933 yilda Saudiya Arabistoni hukumatining Standard Oil of California Amerika neft kompaniyasi bilan kelishuvi asosida tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni neft' Saudi Aramco

Baholaganlar

79

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing