APLni yutish YeCHLda g‘alaba qozonishdan qiyinroq – Gvardiola

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer ligasida g‘alaba qozonish Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishdan ko‘ra qiyinroq ekanligi haqida gapirgan. Bu haqda “BBC Sport” nashri xabar berdi.

“Premer ligada g‘alaba qozonish Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishdan ko‘ra qiyinroq. Ko‘plab turlar, ko‘plab o‘yinlar, jangovar jarohatlar va turli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni bilish muhim. So‘nggi yillarda APL dahshatli darajada kuchaydi. Shuning uchun, APLda g‘alaba qozonishni katta muvaffaqiyat sifatida baholash mumkin.

Bu Angliya kubogidagi kabi birgina o‘yin emas, APLda barqarorlik kerak. Chempionlar ligasi muhim emas, deyish fikridan yiroqman. Biz YeCHL finalda o‘ynashni xohlaymiz. Lekin baribir, 38 ta o‘yinda yoki yetti uchrashuvdan keyin g‘alaba qozonish o‘rtasida katta farq bor. Bu yoqimli. Biz Angliya chempioni bo‘lishga yaqinmiz”, degan Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Premer liganing  38-turida “Siti” o‘z maydonida “Aston Villa”ni qabul qiladi. Gvardiola jamoasi ayni damda musobaqa jadvalida “Liverpul”dan bir ochkoga oldinda bormoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

APL Gvardiola

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing