APLda kun o‘yinlari: “to‘pchilar” “tulkilar”ga, “qizil iblislar” “taqachilar”ga qarshi

Sport

image

Bugun, 30 oktyabr kuni Angliya premer ligasining 10-tur bellashuvlariga start beriladi.

Uik-endda bir nechta markaziy o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Masalan, “Lester” o‘z maydonida “Arsenal” bilan bahs olib boradi. “Tulkilar” 8-turda Ronaldu boshchiligidagi MYUni taslim etgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak (4:2). “Kanonirlar” esa asta-sekin avvalgi darajasiga qaytmoqda.

Bundan tashqari, “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. APL turnir jadvalida ikki jamoa yonma-yon bormoqda. “Qizil iblislar” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher ketish arafasida nimanidir isbotlashi va jamoa chempionlik kurashidan chiqib ketmasligi uchun g‘alaba qozonishi kerak. “Taqachilar” taqdiri esa Xarri Keyn va Son Xyon Minning muvaffaqqiyatli o‘yiniga bog‘liq.

Shuningdek, peshqadam “Chelsi” safarda kelajak uchun milliardlar tikilgan “Nyukasl”ga qarshi o‘ynaydi. “Liverpul” “Brayton”ni, “Manchester Siti” esa “Kristal Pelas”ni qabul qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, APL joriy mavsumida 9 o‘yinda 22 ochko jamg‘argan “Chelsi” birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi pog‘onadagi “Liverpul” hisobida 21 ochko mavjud bo‘lsa, “Manchester Siti” 20 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Arsenal Futbol MYu Tottenxem Lester

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing