APLda aprel oyining eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
Sport
−
07 May 2019 4782 1 daqiqa
“Lester Siti” hujumchisi Jeymi Vardi Angliya Premer ligasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Forvard aprel oyida o‘tkazilgan 4 ta o‘yinda 5 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol eta olgan edi. U “Arsenal” va “Xaddersfild”ga qarshi o‘yinlarda dubl qayd etgan bo‘lsa, “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda bitta to‘p kiritgan edi.
Vardi so‘rovnomada Eden Azar (“Chelsi”), Jordan Xenderson (“Liverpul”), Emerik Lyaport (“Manchester Siti”), Sheyn Long (“Sautgempton”), Ayose Peres (“Nyukasl”), Muhammad Saloh (“Liverpul”) va Kris Vud (“Bernli”) kabi futbolchilarni ortda qoldira oldi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr