39 yoshli Vardi faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
16:02 290 1 daqiqa
39 yoshli angliyalik hujumchi Jeymi Vardi faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, “San-Paulu” klubi Jeymi Vardi bilan bog‘lanib, unga erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilish taklifini bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali hujumchi hozirda bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda. Vardining kelajakdagi klubi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Vardi 2012 yildan 2025 yilgacha “Lester Siti” sharafini himoya qildi. U klub bilan Angliya Premer-ligasi, Angliya Kubogi va Superkubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
2025-2026 yilgi mavsumni esa angliyalik hujumchi Italiya A Seriyasi vakili “Kremoneze” tarkibida o‘tkazdi. Endi Vardi faoliyatida ilk bor Braziliya chempionatida to‘p tepishi mumkin.
Live
Barchasi