APL klublari Angliya kubogi va liga kubogining  formatini o‘zgartirmoqchi

Sport

image

Angliya Premer ligasi klublari Angliya kubogida takroriy o‘yinlardan voz kechish va Liga kubogining formatini o‘zgartirish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu masalalar joriy yilning 21 sentyabr kungi liga aksiyadorlari yig‘ilishida muhokama qilinadi. Jamoalar Angliya kubogining uchinchi va to‘rtinchi bosqichlari uchun takroriy o‘yinlarni bekor qilmoqchi. Shuningdek, Yevrokuboklarda o‘ynaydigan jamoalar Liga kubogida ishtirok etmaydi yoki bunday klublar 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat tarkibni maydonga tushiradi.

Premer liga klublari bir vaqtning o‘zida bir nechta musobaqada o‘ynaydigan jamoalar uchun ish yukini kamaytirishga umid qilmoqda. Jamoalar Liga kubogini to‘liq bekor qilishni yoki Angliya kubogining barcha o‘yinlarini hafta o‘rtasida o‘tkazishni talab qilmaydi.

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarishlar 2024-2025 yilgi mavsumdan boshlab kuchga kirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Angliya Premer ligasining joriy mavsumida 7 ta turdan keyin 18 ochko jamg‘argan “Arsenal” peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikka 17 tadan ochkoga ega bo‘lgan “Manchester Siti” va “Tottenxem” yakun yasab bergan.


Maqola muallifi

Teglar

APL

Baholaganlar

12

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing